Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BIZNING HUQUQLARIMIZ-BIZNING IMKONIYATLARIMIZ” LOYIHASI DOIRASIDA SO’X TUMANIDA TADBIR TASHKILLANDI

×

 2023-10-06 16:54:31    365

PDF yuklash
Chop etish


“Bizning huquqlarimiz-bizning imkoniyatlarimiz” loyihasi doirasida So’x tumanida tadbir tashkillandi

 

O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilishda davlatimiz tomonidan juda katta samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Har yili davlat dasturi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining huquqini himoya qilish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash yuzasidan mahallalarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Aynan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan ishlashda mutaxassislarning bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida tumanizning 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Farg’ona viloyati “Mehrjon” ayollar va bolalar  markazi tomonidan “Bizning huquqlarimiz-bizning imkoniyatlarimiz” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil qilindi. Ushbu tadbirda So’x tumanining mahalla fuqarolar yig’inlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari, oilalar vakillari, “Oqila ayollar” a'zolari ishtirok etishdi.

Trening davomida mahalla fuqarolar yig’inlari faollariga O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilishda qabul qilingan qonunlar va “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” to’g’risidagi 1325-sonli rezolyutsiya qoidalarini amalga oshirish bo’yicha 2022-2025 yillarga mo’ljallangan “Yo’l xaritasi” maqsadlari bo’yicha ma'lumotlar taqdim qilindi. Trening interfaol usulda tashkil qilinib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram