Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

USTOZ VA MURABBIYLAR BAYRAMIGA BAG’ISHLAB “UCH AVLOD UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI

×

 2023-09-27 16:17:02    177

PDF yuklash
Chop etish


Ustoz va murabbiylar bayramiga bag’ishlab “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi


Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini tashabbusi bilan tashkillashtirilgan tadbir mahallaning “Ibodulloh guzari” majmuasida o’tkazildi. Unda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, turli soha vakillari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlar uchun qay darajada foydali ekanligi tuman hokimi tomonidan e'tirof etildi. So’zga chiqganlar bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylangan yoshlarni ta'lim-tarbiya jarayoni hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish bo’yicha o’z takliflarini berishdi.

Har bir o’tayotgan osuda kunlarimiz uchun shukronalik keltirib yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda jamiyat uchun munosib farzand bo’lish uchun barcha yoshlar birdek harakat qilishlari zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, mazkur tadbirda ulug’ ustoz va murabbiylarning hayot yo’li bugungi yoshlar uchun tajriba maktabi sifatida xizmat qilishi lozimligi alohida ta'kidlandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram