Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 225 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XDA O’Z BOSHIMCHALIK BILAN ”O’RALGAN QO’RG’ON”SUD QARORIGA ASOSAN BUZDIRILDI

×

 2023-09-27 16:06:54    115

PDF yuklash
Chop etish


So’xda o’z boshimchalik bilan ”o’ralgan qo’rg’on”sud qaroriga asosan buzdirildi


Bugungi kunda noqonuniy qurilgan uy-joylar, binolar masalasiga to’xtalganda: tortishuvlar, ko’z yosh to’kilishini ko’rish mumkin. Afsuski, ayrim fuqarolar bu holga tushishidan oldin qilayotgan ishlarining oqibatini o’ylab ko’rishmaydi.


Noqonuniy yer uchastkalari masalasida bu qadar tushunmovchilik va ziddiyatlar ko’p uchraydi. Hatto tegishli hujjatlari bo’lmay turib yillar davomida undan foydalanib kelayotgan fuqarolarni ham uchratish mumkin.


Kadastr agentligi So’x tuman filialining da'vosi asosida ko’rib chiqilgan sud ishi bo’yicha FIB So’x tuman sudi noqonuniy qurilmalarni buzish bo’yicha ijro hujjati chiqargan. Ya'ni, S.Mirmuminov So’x tumani Istiqlol MFY xaritasining 34-konturidagi 400 kv.metr yer maydoni o’ralgan qo’rg’on devorni o’z hisobidan buzishi belgilangan.


Ijro hujjati ijrosini ta'minlash maqsadida Byuroning So’x tuman bo’limi xodimlari tomonidan ijro harakatlari olib borilib, ixtiyoriy muddat ichida qarzdor ijro hujjati talablarini bajarmagani bois 25.09.2023 yil kuni Byuroning So’x tuman bo’limi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida belgilanga tartibda o’z boshimchalik bilan o’ralgan qo’rg’onning majburiy buzdirish tartibi ta'minlandi.Sud hujjati amalda ijro etildi.


©️Byuroning So’x tumani bo’limi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram