Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA TA'LIM MUASSASALARIDA O’QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR NAZORAT QILIB BORILMOQDA

×

 2023-09-27 15:59:57    186

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida ta'lim muassasalarida o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat qilib borilmoqda


1-sektor rahbari, So’x tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev 1-umumiy o’rta ta'lim maktabida tashkil etilgan o’quv jarayoni, o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o’rgandi.


Tuman hokimi qozonxona, maktabni isitish tizimini ko’zdan kechirib, maktabda mu'tadil haroratni ta'minlash, yetarli yoqilg’i zahirasini saqlash yuzasidan ko’rsatmalar berdi.


Sayidbahrom Sayidmusayev maktab sinfxonalari, to’garaklar faoliyati bilan ham tanishib, o’quvchilar bilan suhbatda bo’ldi. Mutasaddilarga, darslarni o’quvchilar uchun qiziqarli qilib o’tish evaziga, davomatni to’liq ta'minlash, o’quvchilar mustahkam bilim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha yo’riqnomalar berildi.

Tuman hokimi ko’rsatmasiga asosan hokim o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov ishtirokida ham ochiq dasrlar tashkil etildi. Maktab pedagogik jamoasi bilan o’quv rejalarning ijrosi tahlil qilindi va kelgusidagi rejalar muhokama etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram