Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 201 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA "SUVCHILAR MAKTABI"NING O’QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI

×

 2023-09-25 16:21:22    99

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida "Suvchilar maktabi"ning o’quv seminari tashkil etildi

Suv hayot manbaidir. Suvsiz hayotni tasavvur qilib bo’lmaydi. Biroq, butun dunyoda bo’lgani kabi bizning yurtimzda ham suv muammosi kunning asosiy muammosiga aylanib bormoqda.    

Statistik ma'lumotlarga ko’ra O’zbekistonda bir daqiqada 9 metr kvadrat cho’llanish ro’y bermoqda. Bu o’ta jiddiy muammo ekanligini inobatga olgan holda, mamlakatimiz rahbari ham bu borada islohotlar qilish zarur ekanligini ta'kidlab kelmoqda.

 

Shu munosabat bilan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “Agrobank” ATB, Suv xo’jaligi vazirligi, Irrigatsiya instituti tomonidan mamlakatimizda ilk marta "Suvchilar maktabi" tashkil etildi.

 

Maktab qishloq xo’jaligi sohasi vakillarini bugungi kunda o’z sohalarida qo’llanilayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirishni va sohada rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotiga joriy etilayotgan yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari uchun zamin yaratishni maqsad qilgan.

Tuman madaniyat markazining majlislar zalida Tuman “Agrobank” ATB bo’limi tashabbusi bilan viloyatimizning "Suvchilar maktabi” vakillari ishtirokida mazkur maktabning o’quv seminari tashkil etildi. O’quv seminarda xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda fermer va qishloq xo’jaligi sohasi vakillariga zamonaviy sug’orish tizimi bo’yicha ma'lumotlar berildi va sug’orish usullari o’rgatildi.

Tadbirda asosan qishloq xo’jaligida faoliyat olib borayotgan mutaxassis va soha vakillari ishtirok etdi. Tadbirda qatnashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev So’x tumani sharoitida mazkur tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish zamon talabi ekanligini alohida ta'kidlab o’tdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram