Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-09-23 16:18:16    164

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Konstitutsiyamizning 35-moddasi

“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi”, deb belgilangan.

Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik bo’yicha kafolatlangan huquqidir.

Fuqarolarning mazkur konstitutsiyaviy huquqlarini ro’yobga chiqarishga qaratilgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan.

Unga ko’ra, fuqaro dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta'lim olishga nisbatan o’z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo’l qo’yilmaydi.

Shuningdek, O’zbekiston fuqarolari, dinga munosabatidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi mustahkamlangan.


Raxmonov Iskandarbek Dilshodjon o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram