Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 295 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT HOKIMLIGI, VILOYAT PROKURATURASI, SOG’LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI VA VILOYAT SEO VA JS BOSHQARMALARI VAKILLARI ISHTIROKIDA SO’X TUMANIDA VIRUSLI GEPATIT BILAN KASALLANISH OMILLARI TAHLIL ETILMOQDA

×

 2023-09-23 16:09:29    117

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, sog’liqni saqlash boshqarmasi va viloyat SEO va JS boshqarmalari vakillari ishtirokida So’x tumanida virusli gepatit bilan kasallanish omillari tahlil etilmoqda

Respublikamizda, aholi ayniqsa, yoshlar sog’ligini saqlash va himoyalash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar eng muhim masala – fuqarolarimiz manfaatini himoya qilishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Ayni kunlarda viloyatimiz, ayniqsa, So’x tumanida virusli gepatit kasalligining oshib ketishi ushbu yo’nalishdagi ishlarni yanada jonlantirishni taqozo etmoqda.

Farg’ona viyaoyatida aholi o’rtasida virusli gepatit "A" kasalligi bilan kasallanish holatini kamaytirish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish xaqida viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, sog’liqni saqlash boshqarmasi hamda viloyat SEO va JS boshqarmasi hamkorligida chora-tadbirlar majmui qabul qilingan bo’lib mazkur chora-tadbirlar rejasi asosida viloyatimiz tumanlarida targ’ibot ishlari olib borilmoqda.

Tuman madaniyat markazida tashkil etilgan tadbirda mazkur holat viloyat hamkor tashkilotlari vakillari ishtirokida tahlil etildi. Tadbirda ishtirok etgan tumandagi OShP, qishloq vrachlik punktlari mutasaddilari, maktabgacha va maktab ta'limi bo’limida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va patronaj hamshiralarga mazkur masalaning dolzarbligi atroflicha tushuntirildi va yuzaga kelgan holat tibbiyot xodimlarining mas'uliyatsizligi va befarqligi oqibatida yuzaga kelganligi qayd etib o’tildi.

Tibbiyot muassasalari xodimlariga hududlarda virusli gepatitni oldini olishga doir targ’bot ishlarini kuchaytirish, aholi, ayniqsa, yoshlarni ushbu kasallikka qarshi emalsh ishlarini tizimli tashkil etishga oid qat'iy ko’rsatmalar berildi. Aholi o’rtasida “xonadonbay” yurish orqali masala mohiyatini fuqarolarga yetkazish yuzasidan har bir nafar mutasaddiga vazifalar berildi.

Ma'lumot uchun: tahlillarga ko’ra, joriy yilning o’tgan davrida Respublikada, jumladan, viloyatimizda virusli gepatit "A" kasalligi bilan kasallanish holatlari ortganligi kuzatilgan.

Xususan, viloyat aholisi o’rtasida virusli gepatit "A" kasalligi bilan kasallanish holatlari o’tgan 8 oyda 1 781 tani tashkil etib, bu ko’rsatkich xar yuz ming axoliga nisbatan 45 nafarni tashkil etgan. Achinarlisi, kasallanish holatlarining 1 590 tasi yoki 89 foizi 14 yoshgacha bulgan bolalar o’rtasida qayd etilgan.

Shu bilan birga, joriy yilda virusli gepatit "A” kasalligi So’x tumanida keskin oshib, o’tgan yilga nisbatan 165 taga (5-170) oshib, xar yuz ming aholiga nisbatan 205 nafarni tashkil etgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram