Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 293 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEMURSAD MAHALASIDAGI 10-SONLI UO’T MAKTABIDA 360 O’RINLI QO’SHIMCHA BINO QURILMOQDA

×

 2023-09-22 15:33:10    97

PDF yuklash
Chop etish


Demursad mahalasidagi 10-sonli UO’T maktabida 360 o’rinli qo’shimcha bino qurilmoqda

Tumanimizda ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor doirasida sohadagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Ta'lim jarayonlari ikki va hatto uch smenada olib boriladigan maktablarda qo’shimcha binolar qurilishi turli loyiha va dasturlar asosida bizning tumanimizda ham amalga oshirilmoqda.

Demursad mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 10-sonli umumiy o’rta maktabida ham ayni kunda qo’shimcha bino qurilishi jadallik bilan davom etyapti. Mazkur inshoot Prezidentimizning 2022 yil 30 dekabr kunidagi 465-sonli qarori asosida qurilyapti.

Rekonstruktsiya qilish loyihasi asosida ish olib borilayotgan mazkur maktabda viloyatimizning Oltiariq tumanidagi “Quruvchi A'zamjon” MChJ ishchi-xodimlari mehnat qilishayotir. Ob'ektning loyihaviy qiymati 7 milliard 560 million so’mni tashkil etadi.

Mazkur MChJ ish yurituvchisi G’oyibjon Hoshimovning ma'lumotiga ko’ra, 360 o’ringa mo’ljallangan mazkur bino hududida yangi oshxona qurildi. Maktabdagi voleybol maydonchasiga yangi sun'iy to’shama yotqizildi, maktabning sport zali to’liq ta'mirlandi.

Mazkur inshootning foydalanishga topshirilishi oktyabr oyning so’nggi dekadasi etiib belgilangan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram