KONSTITUTSIYADA SHAXSNING DAXLSIZLIGI MUSTAHKAMLANGAN
2023-09-21 12:27:30 162
Konstitutsiyada shaxsning daxlsizligi mustahkamlangan
2023 yil 30 aprel kungi Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 moddasida hech kim rasmiy e'lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emasligi, hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emasligi, shuningdek 31 moddasida har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo’lish, o’z sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega ekanligi, har kim yozishmalari, telefon orqali so’zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega ekanligi, ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo’l qo’yilishi belgilab qo’yilgan.
Har kim o’z shaxsiga doir ma'lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto’g’ri ma'lumotlarning tuzatilishini, o’zi to’g’risida qonunga xilof yo’l bilan to’plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo’lmay qolgan ma'lumotlarning yo’q qilinishini talab qilish huquqiga ega ekanligi, har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega ekanligi, hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emasligi, uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo’yishni va ko’zdan kechirishni o’tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo’l qo’yilishi, uy-joyda tintuv o’tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo’l qo’yilishi belgilangan.
Konstitutsiyada insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo’lishi mumkin emasligi, mulk daxlsizligi va u bilan bog’liq huquqlarning ta'minlanishi davlat tomonidan kafolatlanishi, mulkiy huquqlarni cheklash faqat sud qarori asosida bo’lishi mustahkamlangan.
Sh.R.Abdullayev - Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sud raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram