SO'X
2023-09-18 17:11:26 137
Bilasizmi?
Yangi Mehnat kodeksida mehnat shartnomasini bekor qilish, ya'ni ishdan bo’shatishning bir qator asoslari sanab o’tilgan.
Ular quyidagilardan iborat:
xodim va ish beruvchi kelishuvi bo’yicha;
mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan ishdan bo’shash;
xodim o’z xohishi bilan ishdan bo’shashi;
ish beruvchi tomonidan xodimni ishdan bo’shatish;
tashkilot egasi almashganda, u qayta tashkil etilganda, tashkilotning bo’ysunuvi o’zgarganda xodim ishni davom ettirishni rad etishi;
xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi;
xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko’chishni rad etishi;
tibbiy xulosaga ko’ra xodim sog’lig’iga to’g’ri keladigan boshqa ishga o’tishni rad etishi yoki ish beruvchida xodimga mos boshqa ish bo’lmagan taqdirda;
xodim va ish beruvchi ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlar bo’yicha;
yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o’tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish bo’yicha;
alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida ishdan bo’shatish asoslari mustahkamlangan asoslar bo’yicha.
Qodiraliyev Murodjon Yusubjonovich - Farg’ona shahar adliya bo’limi bo’lim boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram