Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA TO’Y-MAROSIMLARNI TARTIBGA SOLA OLAMIZ(MI?)

×

 2023-09-18 17:09:15    139

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida to’y-marosimlarni tartibga sola olamiz(mi?)

To’y-marosimlar, oilaviy tadbirlarni ixchamlashtirish, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik bizning xalqimiz uchun eng dolzarb va azaliy masalalardandir. Chunki ushbu masalada targ’ibot-tashviqot ishlari qanchalik kuchli bo’lmasin, to’y-marosimlarni o’tkazilishida ba'zi bir fuqarolarimiz o’z bilganidan aslo qolmaydi. Natijada to’ylarni o’tkazilishida yangicha urf-odatlar va yozilmagan qoidalar – bid'atlar paydo bo’laveradi. Afso’ski, bugungi o’tkazilayotgan to’y-marosim va hashamlarda biz buning guvohi bo’lamiz.

So’x tumanida ham to’y-hashamlarni o’tkazish bo’yicha qabul qilgan tartib-qoida va tizim bor, biroq buning askariyati qog’ozlarda qolib ketmoqda. Tartib-qoidalarni qog’ozdan amalga joriy etish rosti, har doim oqsoqlanib kelgan.

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida ayni shu dolzarb masala muhokamasi yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda tumanda to’y-marosim va hashamlarni o’tkazishga mas'ul bo’lgan mutasaddilar ishtirok etishdi.

Tadbirni ochib bergan tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov ayni kunda to’ylar mavsumi boshlanganligi, to’ylarni o’tkazilishida joriy etilgan tartib-qoidalarga rioya etmaslik holatlari ko’p uchrayotgani, mana shunday yozilmagan tartib-qoidalarga rioya qilmaslik tartibini joriy etish shart va zarur ekanligini, to’y o’tkazish maqsadida fuqarolarimizning boshida qanday savdolar o’tayotganligi, tumanda qabul qilingan yagona tartib va qoidalarni aniq misol va dalillar bilan tushuntirdi. Tadbir ishtirokchilariga Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida qabul qilgan tartib namuna sifatida tushuntirildi.

Tadbirda to’y-marosimlarni o’tkazish bo’yicha mas'ul bo’lgan barcha vakillar ushbu masala yuzasidan o’z fikr-mulohaza va takliflarini izhor etdilar. To’y-marosimlarni o’tkazilishida man-manlikka yo’l qo’ygan, tartib-qoidalarga rioya etmagan fuqarolarga nisbatan qonuniy choralar ko’rish shart va zarurligi alohida ta'kidlandi.  

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram