HUDUDLARDA EHTIYOJMAND FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINYAPTI
2023-09-18 17:07:22 150
Hududlarda ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olinyapti
Ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olish, ularga saxovat ko’rsatish xalqimizga xos qadriyatlardan hisoblanadi. Shu kunlarda yurtdoshlarimiz bir-birini qo’llab-quvvatlab, savobli ishlarni amalga oshirgani buni yaqqol ko’rsatib turibdi.
“Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida qiyin ahvolga tushib qolgan hamda ehtiyojmand oilalarga har tomonlama yordam berilmoqda. Ayniqsa, bemorlik tufayli qiyinchilikka duch kelgan fuqarolar holidan xabar olinyapti.
- Malbut qishlog’i Navobod mahalla fuqarolar yig’ini tasarrufiga kiradi. Mahallada salkam 1 000 nafar aholi istiqomat qiladi. Ayni kunda mahallada eng dolzarb bo’lgan muammo – ichimlik suvi ta'minoti hal etish arafasida turibti. Mahallaga kelgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bilan birgalikda kam ta'minlangan va ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolar holidan xabar oldik, mahalla ahli bilan suhbatlarda muammolarni bosqichma bosqich bartaraf etilishi qayd etildi, - deydi Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi Ma'murjon Bobomirhisenov.
Malbut qishlog’i, “Navobod” ko’chasi, 101-uyda istiqomat qiladigan Jamolatxon Qurbonaliyeva necha yildan beri xastalikdan aziyat chekadi va yaqinda berilgan ko’mak tufayli shifoxonadan qaytib keldi. Ikki nafar farzand tarbiyasi bilan band bo’lgan fuqaro holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari va farzandlariga kiyim-kechak yetkazib berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram