Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 286 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLARGA MODDIY YORDAM AJRATILIB AMALIY KO’MAK KO’RSATILMOQDA

×

 2023-09-16 18:23:21    103

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga moddiy yordam ajratilib amaliy ko’mak ko’rsatilmoqda


So’x tumanida kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash hamda og’ir ahvoldagi bemorlarni sog’liqlarini tiklashlari uchun ularga saxovat va ko’mak ko’rsatishga alohida e'tibor qaratilmoqda.


Jumladan, tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi rahbari Rasuljon Mirsaidovning ma'lumotiga ko’ra, Xalq deputatlari So’x tuman Kengashining qaroriga asosan, tumanimizda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarga asosan, ularning ijtimoiy-moddiy ahvoli inobatga olinib, “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi mablag’lari hisobidan mablag’ ajratilib, moddiy yordam sifatida fuqarolarga yetkazilmoqda.


Aytish lozimki, fuqarolarning sog’liqlarini tiklash maqsadida operatsiya va dori-darmon vositalari uchun ajratilgan mablag’lar belgilangan tartibda shartnoma asosida o’tkazib beriladi. Qo’yida ko’rsatilgan ayrim moddiy yordamlar ro’yixatini Sizga taqdim etamiz:

Demursad mahalla fuqarolar yig’ini “Simodon” ko’chasi,  9-uyda yashovchi 1-guruh nogironi Mavutjon Mirzoyevning murojaati o’rganilib, “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan 4 520 000 (to’rt million besh yuz yigirma ming so’m) mablag’ davolanishi uchun plastik kartasiga o’tkazib berildi;

Navobod mahalla fuqarolar yig’ini “Oftob” ko’chasi, 8-uyda yashovchi Muborak Najmiddinovaning murojaati asosida davolanishi uchun «Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan 6 858 000 (olti million sakkiz yuz ellik sakkiz ming) so’m mablag’ plastik kartasiga o’tkazib berildi.

So’x mahalla fuqarolar yig’ini “So’x” ko’chasida yashovchi, kamta'minlangan fuqaro Mamirjon Hasanovning tuman hokimi nomiga yozgan murojaati o’rganilib «Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan uy-joyini ta'mirlash uchun 5 million so’m mablag’ fukaroning plastik kartasiga o’tkazib berildi;

Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’ini “Bunyodkor” ko’chasi, 59-uyda yashovchi, kamta'minlangan fuqaro Nazira Mahmudovaning murojaati o’rganilib, «Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan, oziq-ovqat mahsulotlari hamda 3 nafar farzandlari uchun kiyim-kechak yetkazib berildi;

Qaqir mahalla fuqarolar yig’ini “Chinor” kuchasida yashovchi, kamta'minlangan, boquvchisini yo’qotgan fuqaro Gulnoza Davlatovaning xonadonida bo’lib sharoiti urganildi va «Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va 2 nafar farzandi uchun kiyim-kechak yetkazib berildi;

Hushyor mahalla fuqarolar yig’ini “Ziyo” ko’chasida yashovchi kamta'minlangan oila Turayev Bozorboyning xolidan xabar olinib «Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan oziq-ovqat mahsuloti va farzandi uchun kiyim-kechak yetkazib berildi;

Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi kamta'minlangan fuqaro Karima Yuldoshevaning murojaati o’rganilib, «Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan oziq-ovqat maxsuloti va kiyim-kechak yetkazib berildi;

Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, kamta'minlangan fuqaro Abdukarim Egamberdiyevga «Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan maktab formasi olib berildi;

Chashma mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, kamta'minlangan fuqaro Latifa Ahmadxo’jayevaning farzandiga «Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan maktab formasi olib berildi;

Navobod mahalla fuqarolar yig’ini Malbut kishlog’ida yashovchi, kamta'minlangan fuqaro Sheraliyeva G. ning murojaati o’rganilib, «Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va farzandi uchun maktab formasi olib berildi;

Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi kamta'minlangan fuqaro Rayimkul Irismatovning xonadonida bo’lib holidan xabar olindi. Ayni kunda tuman hokimi tashabbusi bilan mazkur fuqaro xonadonida qurilish ishlari olib borilmoqda;

Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, kamta'minlangan fuaro Kimiyoxon Boboyevaning holidan xabar olinib, «Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan oziq-ovqat mahsuloti, o’zi hamda farzandi uchun kiyim-kechak yetkazib berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram