Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO’CHMAS MULK TARIXINI ONLAYN TEKSHIRSA BO’LADI

×

 2023-09-16 17:43:24    132

PDF yuklash
Chop etish


Ko’chmas mulk tarixini onlayn tekshirsa bo’ladi

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023 yildagi “O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ko’chmas mulk tarixi ma'lumotlarini taqdim etish bo’yicha davlat xizmatini ko’rsatishni yo’lga qo’yishga yo’naltirilgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 380-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan ko’chmas mulk tarixi ma'lumotlarini taqdim etish bo’yicha davlat xizmatini ko’rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.

Davlat xizmatidan quyidagi usullar orqali foydalanish mumkin:

·       DXMga tashrif buyurgan holda;

·       YaIDXP yordamida;

·       davreestr.uz. orqali.

Bunda ko’chmas mulkning kadastr raqamini aks ettirgan holda so’rovnoma to’ldirib, BHMning 0,5 baravarini to’lash lozim.

Natijalar quyidagi shakldagi ma'lumotnoma tarzida 3 ish kunida taqdim etiladi.

Ma'lumotnomada:

·       ko’chmas mullka nisbatan amaldagi va oldingi huquqlar (qurilgan yili, maydon kvadraturasidagi o’zgartirishlar);

·       davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sana;

·       huquqni belgilovchi hujjat turi, uni bergan organ va hujjat berilgan sana.

                  Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram