Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 256 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TASHABBUSLI BYUDJET 2-MAVSUMI G’OLIBLARI E'LON QILINDI: SO’X TUMANIDAN 3 TA MAHALLADAN QO’YILGAN LOYIHALAR G’OLIB DEB TOPILDI

×

 2023-09-16 17:38:58    115

PDF yuklash
Chop etish


Tashabbusli byudjet 2-mavsumi g’oliblari e'lon qilindi: So’x tumanidan 3 ta mahalladan qo’yilgan loyihalar g’olib deb topildi

«Tashabbusli byudjet» loyihasining 2023 yildagi 2-mavsumiga ovoz berish 16 sentyabrda yakunlandi. Jami 1 187 ta loyiha g’olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1,4 trln so’mdan ortiq mablag’lar yo’naltiriladi. G’olib bo’lgan hududlarda yashovchilar g’alabani bayram bilan nishonlashmoqda.

G’oliblar ro’yxati “Openbudget.uz” saytida e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, “Openbudget.uz” portali orqali 33 489 ta tashabbus uchun 16, 2 million ovoz berilgan.

Mazkur portal orqali So’x tumanidan 57 ta loyiha ro’yixatga olingan va ushbu tashabbuslar g’oliblik uchun ishtirok etib kurash olib bordi. Natijada 3 ta tashabbus g’olib deb topildi va loyihalar moliyalashtirilgandan so’ng ushbu tashubbuslarning ijrosi uchun ishlar boshlab yuboriladi.

So’x tumanidan g’olib bo’lgan loyihalar:

Maktabgacha ta'lim muassasalarini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari bo’limidan joy olgan “So’x tuman 3-sonli MTM-ni joriy ta'mirlash hamda quyosh panellari o’rnatish” loyihasi. Jami ovozlar soni – 3 520 ta.

Yo’naltiriladigan mablag’ miqdori – 1 320 000 000 so’m.

Umumta'lim maktablarini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari bo’limidan joy olgan “So’x tumani Saribozorcha MFY-da joylashgan 29-sonli maktabiga yozgi sport maydonchasi, sportzalini rekonstrutsiya qilish hamda 10 kilovatli gibrid quyosh panellari o’rnatish” loyihasi. Jami to’plagan ovozlar soni – 3 177 ta.

Tasdiqlangan mablag’ miqdori – 700 000 000 so’m.

Sog’liqni saqlash muassasalarini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari bo’limidagi “So’x tuman Yangiariq MFYda joylashgan tibbiy xizmat uyini joriy ta'mirlash va quyosh panellari o’rnatish” loyihasi. Jami to’plagan ovozlar soni – 2 262 ta.

Tasdiqlangan mablag’ miqdori – 1 320 000 000 so’m.

Barcha g’olib bo’lgan loyihalar va mahallalarni ushbu zafar bilan tabriklaymiz va kelgusidagi tashabbuslar ham g’olib bo’lishiga niyat bildiramiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram