AHOLI, AYNIQSA VOYAGA YETMAGAN BOLALARNI VIRUSLI GEPATITDAN ASRASH VA UNGA QARSHI KURASH BO’ICHA TARG’IBOT ISHLARINI KUCHAYTIRISH – KUNNING ASOSIY TALABI
2023-09-16 17:37:12 138
Aholi, ayniqsa voyaga yetmagan bolalarni virusli gepatitdan asrash va unga qarshi kurash bo’icha targ’ibot ishlarini kuchaytirish – kunning asosiy talabi
Joriy yilning o’tgan davri mobaynida tuman aholisini yuqumli va parazitar kasalliklar bilan kasallanishi, kompleks profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning maqsadli amalga oshirilishi natijasida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, yuqumli kasalliklar profilaktikasi darajasi va davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy yordam ko’rsatish sifati va virusli gepatitlar tarqalishining oldini olish borasidagi ishlar tahlili shuni ko’rsatadiki, tumanda virusli gepatit “A” ko’rsatgichi anchaga oshgan. Eng achinarlisi, ushbu bemorlarning 99 foizi 14 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan bolalardir.
Ana shu dolzarb va muammoga aylanib qolayotgan holatlarni tahlil etish va virusli gepatit kasalligini oldini olishga qartilgan ishlarni muhokama etish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasida tadbir o’tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida mazkur masala keng muhokama etildi.
Tadbir avvalida tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov mazkur masala yuzasidan ishtirokchilarga ma'lumot berdi. Kasallikka chalingan voyaga yetmagan bolalarning soni mahallalar kesimida tahlil qilindi. Kasallanganlar asosan Devayron, Lenbur, Oftobru, Qal'a, Sarikanda, Hushyor va Yangiariq mahallalarida ko’p qayd etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31 iyul 2021 yildagi 584-sonli qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan, virusli gepatitlarga tashxis qo’yish, ular profilaktikasi va ularni davolash usullarnii yanada takomillashtirish bo’yicha” kompleks chora-tadbirlarga ko’ra, tibbiyot bilashmalari va SEO va JS bo’limlari mutasaddilari zimmalariga yuqumli kasalliklarni oldini olish va profilaktik emlash tadbirlarini o’tkazishdek mas'uliyatli vazifalar qo’yilgan. Biroq, mas'uliyatsizlik oqibatida shu kungcha tumanda faqatgina 130 nafar voyaga yetmaganlar “A” virusli gepatitga qarshi emlangani ma'lum bo’ldi.
Tuman hokimi mazkur holat bo’iycha tuman tibbiyot birlashmasi va tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’limi mutasaddilarini qatiq ogohlantirdi va hududlarda virusli gepatitga qarish emlash bo’yicha targ’ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan ko’rsatmalar berdi. O’zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida”gi Qonunning 12-moddasiga asosan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishi xavfini tug’diruvchi shaxslarni ishdan chetlashtirish choralari ko’rish shartligi belgilangan.
Tuman hokimi mazkur tadbirdan so’ng tuman tibbiyot birlashmasidagi tozalik holatini ko’zdan kechirdi. Ushbu masalaga alohida e'tibor berish bo’yicha tuman tibbiyot birlashmasi rahbariga qat'iy topshiriqlar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram