Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 214 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI KITOB TAQDIMOTI VA TOJIK-O’ZBEK XALQLARINING DO’STLIK KECHASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-09-14 18:36:58    104

PDF yuklash
Chop etish


Yangi kitob taqdimoti va tojik-o’zbek xalqlarining do’stlik kechasi bo’lib o’tdi

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida So’xlik taniqli jurnalist, “Ovozi tojik” gazetasining Farg’ona vodyisidagi muxbiri, “Oltin qalam”, “Do’stlik” ordeni sohibi Mirasror Ahrorovning “Farzandoni farzonai Farg’ona” (“Farg’onaning farzona farzandlari”) kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Muallif Mirasror Ahrorii Farg’oniy taxallusi bilan ijod qiladi.

Kitob taqdimoti marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, hokim o’rinbosarlari, korxona-tashkilot va muassasalar, o’qituvchilar, madaniyat vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda so’z olgan tuman hokimi kitob va kitob muallifi haqida so’zlab, ushbu qadam So’x tarixini, uning farzandalari haqidagi ma'lumotlarni kitobxonlarga yetkazishda muhim omil ekanligini qayd etdi.

Tadbir davomida Mirasror Ahrorii Farg’oniy ham kitob va uning mazmuni haqida ma'lumot berdi. Ushbu kitobda Farg’onaning turli sohalarda faoliyat olib borgan va hayotini Vatan rivojiga bag’ishlagan eng faol farzandlari haqidagi maqolalar, ocherklar va lavhalar joy olgan.

Mazkur tadbir davomida ta'lim sohasida fidoiylik namunasini ko’rsatayotgan bir guruh muallimlar – Rasulbek Gadoyev, Habibjon Jo’rayev, Zarifjon Botirov va Bunyodjon Shomatovlarga “Tojikiston maorifi va ilmi a'lochisi” ko’krak nishonlari taqdim etildi.

Shuningdek, uch nafar tuman madaniyat sohasi fidoiylari – Tojiboy Yusupov, Ne'matjon Homidov va Abdumuhammad Ahrorovlarga “Tojikiston Respublikasi madaniyat a'lochisi” ko’krak nishonlari ikki qardosh va qondosh xalqning do’stligi va hamkorligining ramzi sifatida taqdim etildi.

Ushbu iqdom Tojikistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzodaning So’x tumaniga safaridan so’ng rejalashtirilgani qayd etildi.   

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram