MIB MA'LUMOTI
2023-09-13 17:28:46 137
MIB ma'lumoti
ALIMENT PULI NEChTA BOLAGA QANChA TO’LANIShI KERAK?
Oila kodeksining 99-moddasiga asosan, agar voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish haqida ota-ona o’rtasida kelishuv bo’lmasa, ularning ta'minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va boshqa daromadidan quyidagi miqdorlarda:
1 bola uchun — to’rtdan bir qismi;
2 bola uchun — uchdan bir qismi;
3 va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.
Bu to’lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e'tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko’paytirilishi mumkin.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to’lash eng kam miqdori (Hozirgi kunda 980 000 so’m)ning 26,5 foizi (259 700 so’m) dan kam bo’lmasligi kerak.
Agar aliment to’lovchining oylik ish haqqi har bir farzandi uchun 259 700 so’mdan to’lashga yetmagan taqdirda xam bu miqdor kamaytirilmaydi.
MIB So’x tuman bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram