Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 297 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-09-12 17:49:19    97

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Ish haqini natura shaklida to’lash tartibi belgilandi

“Ish haqini natura shaklida to’lashni tartibga solish to’g’risida” gi Hukumat qarori (286–son, 13.07.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko’ra, mehnatga natura shaklida haq to’lanishi xodimning yozma roziligiga asosan quyidagi hollarda mumkin:

xodim yoki uning oilasi iste'moli uchun ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;

o’ziga xizmat ko’rsatilishi va uy xo’jaligini yuritishda ko’maklashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta'minlash shaklida hisob-kitob qilish.

Shuningdek, ish haqini natura shaklida to’lash sharti xodimning roziligi asosida u bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ko’rsatiladi.

Bunda ish haqining natura shaklidagi umumiy summasi 30 foizdan ortiq bo’lishi mumkin emas.

Xodimning yozma roziligidan qat'i nazar uning ish haqidan:

50 foizgacha miqdorda ushlab qolinsa – xodimga natura shaklida to’lanadigan ish haqining umumiy summasi 10 foizdan ortiq bo’lishi mumkin emas;

50 foizdan ortiq miqdorda ushlab qolinsa – xodimga ish haqini natura shaklida to’lash taqiqlanadi.

Ish haqini natura shaklida to’lashda quyidagilar taqiqlanadi:

xodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq to’lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo’yicha belgilangan miqdordan oz bo’lganda, ish haqini natura shaklida to’lash;

qishloq xo’jaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narxini ularning tannarxidan yuqori belgilash;

alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis o’simligi hamda qonunchilikda realizatsiya qilish (berish) taqiqlangan o’simlik va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;

uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narxini va uy-joydan vaqtincha foydalanganlik uchun to’lovlar miqdorini haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda belgilash.

Qodiraliyev Murodjon Yusubjonovich - Farg’ona shahar adliya bo’limi bo’lim boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram