YANGIARIQ MAHALLASIDAGI ASOSIY VA ICHKI YO’LLARIGA ASFALT QOPLAMASI YOTQIZILMOQDA
2023-09-12 17:48:12 173
Yangiariq mahallasidagi asosiy va ichki yo’llariga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda
Tumanimiz mahallalarida eng dolzarb masalalarni hal etish orqali aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish yo’lida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
So’x tumanidagi avtomobil yo’llarining qatnov qismini yaxshilash, avtotransportlar harakati xavfsizligini ta'minlash va tartibga solish ta'minlash maqsadida tuman markazida joylashgan Yangiariq mahalla fuqarolar yig’inining “Yangiariq” ko’chasida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
- Umumiiy uzunligi 2000 metr masofani tashkil etadigan ushbu ta'mirlash ishlari mahallaga o’zgacha ko’rk bag’ishlamoqda. Yo’l qurilishida 10 dan ortiq maxsus texnikalar va 20 nafarga yaqin ishchi-mutaxassislar tunu kun mehnat qilib kelmoqdalar. O’z ko’chalari obodligidan ko’zlari quvongan mahalla ahli Yaratgandan yurtimiz tinchligi, islohotlar bardavomligini so’rab duo qilishmoqda. Bugun tumanning qaysidir ko’chasiga asfalt yotqizilsa qaysidir ko’chasida suv chiqadi, qaysidir ko’chasida esa yirik tadbirkorlik majmuasi ish boshlamoqda. Mahalla aholisining kayfiyati esa o’zgacha, deydi biz bilan suhbatda tuman Kengashiga mahalladan saylangan deputat Amirali Safarov.
Mazkur ishlar Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Shu kungacha mahalla infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida har bir xonadonga ichimlik suvi tarmog’i tortilib, ko’chaning ikki qismiga zamonaviy suv lotoklari o’rnatilgan edi.
Asfalt yotqizish ishlari “INDUSTRY AND BUIULDING GOODS” MChJ tomonidan amalga oshirilayotir. Mazkur ishlarga 1 milliard so’mdan ortiqroq mablag’ yo’naltirilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram