Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 295 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YANGI HAYOT UCHUN!” SHIORI OSTIDA YURISH MARAFONI O’TKAZILDI

×

 2023-09-08 16:04:34    104

PDF yuklash
Chop etish


“Yangi hayot uchun!” shiori ostida yurish marafoni o’tkazildi

Sportga bo’lgan qiziqishni yanada yuksaltirish, jamiyatda sog’lom turmush tarzini targ’ib etish maqsadida tumanimizda turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Bugun “Yangi hayot uchun!” shiori ostida o’tkazilgan yurish marafonida turli soha vakillari, ayniqsa, yoshlar faol ishtirok etdilar.

Barcha korxona-tashkilot va muassasalar, mahalla fuqarolar yig’ini mutasaddilari ushbu marafonda 5 000 qadam bosib, finishga qadar yetib keldilar. Marafonda tuman hokimi va sektor rahbarlari ham ishtirok etdilar.

Yurish marafonidan so’ng tuman aerodromida ertalabki badantarbiya mashqlari o’tkazildi. “Yangi O’zbekistonda yangi nafas!” shiori ostidagi bunday tadbirlar tuman uzra muntazam o’tkaziladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram