BILASIZMI?
2023-09-07 17:54:34 158
Bilasizmi?
18 yoshga to’lmagan shaxsni novvoy sifatida ishlatish mumkin emas
Hukumat qarori bilan (290-son, 14.07.2023y.) o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og’ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro’yxati tasdiqlandi
Ro’yxatga ko’ra, quyidagi ishlarda 18 yoshga to’lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi, jumladan:
Ko’mirni boyitish apparatchisi;
Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;
Er osti kon ishchisi;
Tarkibida olmos bo’lgan konsentratlarni me'yoriga yetkazuvchi;
Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;
Olmoslar va o’ta qattiq materiallarni silliqlovchi;
Issiqlik tarmog’idagi uskunalarni ta'mirlash bo’yicha chilangar;
Neft va gaz qazib olish bo’yicha operator;
Gaz taqsimlash stansiyasi operatori;
Tibbiy preparatlarni dozalovchi;
Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;
Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;
Gipsni qizdiruvchi;
Asfaltbetonchi;
Novvoy;
Xamir qoruvchi;
Go’sht mahsulotlarini kesuvchi;
Muzqaymoq tayyorlovchi;
Naqqosh;
Yo’lovchi tashuvchi poyezd mexanigi-brigadiri;
Tez tibbiy yordam stansiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.
Qodiraliyev Murodjon Yusubjonovich - Farg’ona shahar adliya bo’limi
bo’lim boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram