Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 278 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MALBUTLIKLAR XONADONLARIGA SENTYABR OY OXIRIGACHA ICHIMLIK SUVI KIRIB BORADI

×

 2023-09-07 17:51:19    98

PDF yuklash
Chop etish


Malbutliklar xonadonlariga sentyabr oy oxirigacha ichimlik suvi kirib boradi

Ayni kunda tumanimizda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida “Yangi avlod qurilish invest” MChJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Qilingan sa'y-harakatlar tufayli ushbu yo’nalishdagi intilishlar o’z samarasini bermoqda.

Malbut qishlog’ida yashovchi aholi ham suv muammosidan aziyat chekishlarini hammamiz yaxshi bilamiz. Qishloqqa suv asosan Qirg’iziston hududidan keladi va undan mahalliy aholi ham sug’orish va ham ichimlik suvi sifatida iste'mol qilishadi.

“Yangi avlod qurilish invest” MChJ ishchi-xodimlari tomonidan Malbut qishlog’igacha salkam 5 kilometr masofaga ichimlik suvi quvurlari yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ichimlik suvi tarmog’i So’x daryosi o’zani hududida barpo etilgan tik quduqdan qishloqqa yetkazib beriladi.

Barcha ishlar tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov, shuningdek, jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirilayotir. Ayni damda quvurlarning payvandlash ishlari amalga oshirilayotir.

“Yangi avlod qurilish invest” MChJ ish boshqaruvchisi Shavkatjon Yuldoshevning ma'lumotlariga ko’ra, sentyabr oyining oxirgi dekadasida mazkur ishlar oxiriga yetkaziladi. Shuningdek, MChJ hisobidan mahalla hududida yana bir dona tik quduq qaziladi va ushbu inshoot qo’shimcha manba sifatida Malbutliklarga xizmat qiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram