Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 249 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI O’TKAZILDI

×

 2023-09-06 18:39:04    95

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi

 

Tumanning 1-sektori binosida tuman hokimining navbatdagi qabuli o’tkazildi. O’tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimi o’rinbosarlari, tuman tashkilot va korxonalaridan biriktirilgan sektor ishchi guruhi a'zolari ishtirok etdilar. Tuman hokimining sayyor qabuliga kelgan Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini aholisi tuman hokimiga o’zlarining muammo va kamchiliklari xususida murojaat etdilar.

 

Tuman hokimiga mahalla fuqarolaridan asosan, moddiy kumak ko’rsatish, tadbirkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida yer maydonlari ajratib berish va bank krediti olinishida yordam ko’rsatish, uy-joyini ta'mirlashda amaliy va moddiy yordam ko’rsatish, mahalaldagi gaz, elektr va suv ta'minotidagi muammlarni yechilishida yordam ko’rsatish xususida murojaat etdilar.

 

Qabulda ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan jami 6 ta muammolar aniqlandi, ushbu muammolardan 5 tasi bartaraf etilib, shundan 1 ta muammolar huquqiy maslahatlar berish orqali tushuntirildi hamda tegishli korxona va tashkilotlarga yunaltirildi.

 

Qabul davomida aniqlangan murojaatlarni o’rganib chiqish va natijasi bo’yicha muallifga ma'lum qilish uchun tuman hokimining, tuman hokimligining masalaga daxldor apparat xodimlari, korxona, tashkilot va bo’limlariga tegishli topshiriqlar berildi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram