Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAVQULODDA VAZIYAT

×

 2023-09-04 18:32:37    170

PDF yuklash
Chop etish


Favqulodda vaziyat


"Olov - tilsiz yov" degan gap bor xalqimizda. "O’t balosidan asrasin" degan gapning negizida ham katta ma'no va mazmun mujassam.


Bugun Oftobru mahallasi "Sohil" ko’chasidagi 55-xonadonda yong’in chiqgan. Favqulodda vaziyatlar bo’limi yong’in xavfsizligi bo’limi va mahalla ahlining birdamligida yong’in o’chirildi va uning boshqa qo’shni xonadonga o’tmasligi oldi olindi. 


Yong’in oqibatida mazkur oiladagi 8 ta xonadonga zarar yetkazilganligi ma'lum bo’ldi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi tezkor shtab a'zolari voqea joyida bo’lishib, yong’in oqibatlarini bartaraf etish choralari ko’rildi. Eng asosiysi, yong’inda oila azolari yoki qutqaruvchilarga zarar yetkazilmagan.


Yong’in oqibatlarini bartaraf etish uchun tuman avtomobil yo’llari boshqarmasi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi texnikalari va fuqarolarning shaxsiy avtoulovlari jalb etildi. Tuman hokimligi va saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan mazkur oila a'zolariga xonadonlarni tiklash va qurish uchun yaqindan yordam beriladi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram