Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 295 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

10 SAVOLGA 10 JAVOB

×

 2023-09-04 15:59:34    173

PDF yuklash
Chop etish


10 savolga 10 javob

6. Aliment qarzi ota (ona)ning har qanday mulkidan undirilishi mumkin.


Sudning aliment to’lashga oid hujjati yoki aliment kelishuvi bo’yicha qarzdorlik MIB tomonidan undirib beriladi va bu darhol undirilishi kerak bo’lgan mablag’ hisoblanadi.


Aliment qarzi aliment to’laydigan ota (ona)ning ish haqi va boshqa daromadidan undiriladi, ular yetarli bo’lmasa ota (ona)ning banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisob varaqlarida turgan pul mablag’idan undiriladi. Bu mablag’ yetarli bo’lmaganda, undiruv qarzdorning boshqa mol-mulkiga qaratiladi. Undiruvni qaratish mumkin bo’lmagan mulklar ro’yxati esa bu yerda.


7. Chet-elga chiqishga taqiq garov evaziga olib tashlanishi mumkin.


MIB tomonidan aliment to’lovchilarning xorijga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin.


Alimentlar oldindan to’langan yoki bu bo’yicha garov shartnomasi tuzilgan bo’lsa, xorijga chiqishga oid cheklov olib tashlanadi.


Bunda aliment oldindan 5 yildan kam bo’lmagan muddatga to’lanishi kerak. Bolalar voyaga yetgunigacha bo’lgan davr 5 yildan kam bo’lsa, alimentlarni oldindan to’lash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.


Alimentni to’lashni garov bilan ta'minlash ham mumkin va bunda garov qiymati BHMning 250 baravari (82 mln 500 ming so’m)dan kam bo’lmasligi lozim. Har qanday mol-mulk (avtomobil, do’kon, uy-joy, kvartira) garov bo’lishi mumkin.


Alimentni oldindan to’lash yoki alimentni garov bilan ta'minlash uchun fuqarolik ishlari bo’yicha sudga murojaat qilinadi.


8. Bola farzandlikka olinganida, aliment undirish tugatiladi.


Aliment undirish quyidagi holatlarda tugatiladi:


– bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to’la muomala layoqatiga ega bo’lganda (masalan, ishga kirganida);


– bola farzandlikka olinganida;


– bola vafot etganda.


9. Aliment to’lamaslik ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.


Bolaga alimentni 2 oydan ortiq muddat o’z vaqtida to’lamaslik 15 sutka ma'muriy qamoqqa olishga yoki 120 soatgacha haq to’lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga sabab bo’ladi. Bu jazolarni qo’llash mumkin bo’lmagan shaxslarga esa BHMning 20 baravari (6 mln 600 ming so’m) miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.


Birinchi marta aliment to’lamagan shaxs, alimentni ixtiyoriy ravishda to’lagan bo’lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.


Aliment to’lamaslik ma'muriy (yuqoridagi) jazo qo’llanilganidan keyin yana takror sodir etilsa, 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Shaxs aliment bo’yicha qarzdorlikni to’liq to’lasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.


10. Alimentni undirish imkoni bo’lmaganida, maxsus jamg’armadan aliment to’lab beriladi.


Aliment to’lamaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdordan aliment undirish imkoni bo’lmaganida, aliment Aliment to’lovlari jamg’armasi hisobidan to’lab beriladi.


Jamg’arma hisobidan to’lab berilgan aliment miqdori keyinchalik aliment to’lovchidan undirib olinadi. 


Majburiy ijro byurosi So’x tumani bo’limi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram