Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 292 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDAGI MAKTABLARDA “BILIMLAR KUNI” KENG NISHONLANDI

×

 2023-09-04 15:48:10    106

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanidagi maktablarda “Bilimlar kuni” keng nishonlandi


Bugun So’x tumanida “Yangi hayot uchun Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida yurtimiz Mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlangan hamda yangi o’quv yili munosabati bilan barcha o’quv dargohlarda tantanali tadbirlar bo’lib o’tdi. Tadbirlarda tuman hokimi, hokim o’rinbosarlari, sektor rahbarlari va biriktirilgan vakillar ishtirok etdilar.

 1-sektor hududidagi 24-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida qatnashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha maktab pedagogik jamoasi va o’quvchilarni Mustaqillik bayrami va “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabrikladi. Bu yil 1-sinfga kelgan barcha o’quvchilarga Prezident sovg’alari taqdim etildi.

Tuman hokimi va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri G. Usmonova bilan o’quvchilarga “Mustaqillik darsi”ni o’tishdi.

1-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida ham “Birinchi qo’ng’iroq” tadbiri ko’tarinkilik bilan tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov ham barcha talaba yoshlarni bayram bilan tabriklab, So’x tumani birinchi hokimi, mehnat faxriysi Bahodirjon Obidjonov bilan yuqori sinf o’quvchilariga “Mustaqillik darsi” o’tib berdilar.      

Joriy o’quv yilida So’x tumanida maktab ostonasiga ilk bor 1 649 nafar jajji o’g’il-qizlar qadam qo’ymoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram