Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 213 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MULGON MAHALLA FUQAROLAR YIG’INI BESHLIGI BAYRAM ARAFASIDA YANGI BINOGA KO’CHIB O’TISHDI

×

 2023-08-31 17:08:33    94

PDF yuklash
Chop etish


Mulgon mahalla fuqarolar yig’ini beshligi bayram arafasida yangi binoga ko’chib o’tishdi

Tumanimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari xalqimiz manfaatiga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Amlga oshirilayotgan barcha ishlarda “Inson qadri uchun” degan tamoyilning amaldagi ijrosini ko’ramiz.

Vatanimizning 32-yillik to’yi arafasida tumanimizda ham yangi va zamonaviy binolar, mahallalar guzarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari beshligi uchun xizmat uylari, yangi asfaltlashtirilgan ko’chalar foydalanishga topshirilmoqda. Mulgon mahalla fuqarolar yig’inida qurib bitkazilgan mahalla idorasi ham Mulgonliklarga bayram sovg’asi bo’ldi.

Mazkur mahalla idorasi davlat-xususiy sheriklik asosida qurilib, uning qurilishiga salkam 1 milliard so’m mablag’ saraflandi. Bugun mahalla beshligi shinam va barcha qulayliklarga ega bo’lgan ish xonalarida faoliyat olib borish baxtiga muyassar bo’lishdi.

Binoning foydalanishga topshirish uchun tashkil etilgan tantanali tadbirda tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev boshchiligidagi barcha mutasaddilar ishtirok etdilar. Mahalla ahli, nuroniylar, Mulgon yoshlari va barcha jamoatchilik vakillari qatnashgan tantanali tadbirda Ilhomjon Tojiboyev so’zga chiqib, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi o’laroq, bugun xalqimiz turmush darajasi yuksalayotganini ta'kidlab, yaratib berilgan sharoitlarda xalq va Vatan manfaatiga sidqidildan mehnat qilish lozimligini qayd etdi.

Mahalla binosining ramziy lentasi qirqilib, barcha tadbir ishtirokchilari mahalla idorasida yaratib berilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdilar. Nuroniylar duoga qo’l ochib, mahalla mutasaddilarining kelgusidagi faoliyatida omadlar yor bo’lishini tiladilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram