Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NIZONI SUDGACHA HAL QILISH TARTIBI (BANKLAR MISOLIDA)

×

 2023-08-31 15:30:57    152

PDF yuklash
Chop etish




NIZONI SUDGAChA HAL QILISh TARTIBI

(BANKLAR MISOLIDA)


O’zbekiston Respublikasida kredit va mikroqarz shartnomasi bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy baza yaratilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 732-moddasida qarz shartnomasi ko’rsatilgan bo’lib, qarz shartnomasi bo’yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo’la yoki bo’lib-bo’lib, o’shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi. Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi deb ko’rsatilgan.

Mazkur kodeksining 744-moddasi kredit shartnomasi ko’rsatilgan bo’lib, unga ko’ra, kredit shartnomasi bo’yicha bir taraf - bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag’lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to’lash majburiyatini oladi deb ko’rsatilgan.

Shuningdek, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida», «Mikromoliyalash to’g’risida»gi, «Garov to’g’risida», «Ipoteka to’g’risida»gi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda ham kredit va mikroqarz shartnomasi bilan bog’liq muhim qoidalar mavjud.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ-3620-sonli “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat ko’rsatish madaniyati va bank tizimiga bo’lgan ishonchni yanada oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilayotganligi sababli 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida bir qator vazifalar belgilab berilgan bo’lib, ulardan biri: Bank xizmatlari iste'molchilari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo’yiladigan minimal talablar to’g’risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash ko’rsatilgan.

Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 28 apreldagi №16/18-sonli qarori bilan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 2 iyulda 3030-sonli ro’yxat raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) “Bank xizmatlari iste'molchilari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo’yiladigan minimal talablar to’g’risida”gi Nizom tasdiqlangan.

        Mazkur Nizomning 41-bandiga ko’ra, kredit shartnomasi bo’yicha muddati o’tkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda, bank iste'molchi zimmasidagi qarz yuki yanada oshib ketishining oldini olish maqsadida muddati o’tkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan boshlab 7 (etti) kalendar kuni davomida iste'molchi bilan shartnomada kelishilgan har qanday aloqa bog’lash usullaridan, shu jumladan elektron aloqa vositalaridan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullardan foydalanib, iste'molchiga muddati o’tkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida xabar berishi shart.

42-bandiga ko’ra, bank qonunchilik hujjatlari talablarini hisobga olgan holda iste'mol krediti shartnomasi bo’yicha iste'molchini muddati o’tkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish majburiyatlari bajarilmaganligi holati, muddati, summalari, tarkibi va oqibatlari haqida xabardor qilishi, iste'molchidan muddati o’tkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelishi sabablari haqida so’rashi shart.

43-bandiga ko’ra, iste'molchi kredit shartnomasi bo’yicha qarzning asosiy summasini qaytarish va (yoki) foizlarni to’lash muddatlarini buzganda, bank tegishli kredit shartnomasida nazarda tutilgan usulda nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan o’z talabnomasini iste'molchiga yuboradi.

44-bandiga ko’ra, bank yo’llaydigan talabnomada quyidagi axborot ko’rsatilgan bo’lishi kerak: bank nomi va uni identifikatsiyalash uchun yetarli ma'lumotlar; talabnoma rasmiylashtirilgan sanadagi iste'molchining joriy qarzi miqdori va tarkibi; qarzni to’lash usul(lar)i; iste'molchi o’z majburiyatlarini bajarishi lozim bo’lgan muddat (o’n kundan kam bo’lmasligi lozim); talabnomada ko’rsatilgan muddatgacha iste'molchi o’z majburiyatlarini bajarmasligi oqibatlari; nizoni sudgacha hal qilish usullari.

45-bandiga ko’ra, bank va iste'molchi taraflarning o’zaro roziligiga ko’ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan nizoni sudgacha hal qilish usullarini, shu jumladan muzokaralar o’tkazish orqali, qo’llashga haqli.

46-bandiga ko’ra, iste'molchi nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan talabnomada belgilangan muddatda ko’rsatilgan talablarni lozim darajada bajarmaganda, bank sudga da'vo bilan murojaat etishga haqli deb ko’rsatilgan.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023 yil 4 yanvardagi 30/10-sonli (ro’yxat raqami 3030-8, 26.01.2023 y. tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 27.01.2023 y., 10/23/3030-8/0057-son) “Bank xizmatlari iste'molchilari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo’yiladigan minimal talablar to’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”ga qarorining 7-bandiga ko’ra, 41-banddan «so’ndirish jadvalini ilova qilgan holda» degan so’zlar chiqarib tashlansin. 8-bandiga ko’ra, 43-banddagi «etkazadi» degan so’z «yuboradi» degan so’z bilan almashtirilsin deb ko’rsatilgan. (Qarorining 2-bandiga ko’ra, mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi deb ko’rsatilgan. Qaror 2023 yil 28 apreldan kuchga kirgan).

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 122-moddasida arizani ko’rmasdan qoldirish asoslari ko’rsatilgan bo’lib, uning 1-qismi 10-bandiga ko’ra, agar da'vogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo’lsa sud arizani ko’rmasdan qoldiradi deb ko’rsatilgan.

Shuning uchun ham, bank tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ-3620-sonli “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaror va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 28 apreldagi №16/18-sonli qarori bilan tasdiqlangan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 2 iyulda 3030-sonli ro’yxat raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) “Bank xizmatlari iste'molchilari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo’yiladigan minimal talablar to’g’risida” Nizom talablarini bajarmaganligini uchun da'vogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmaganligi da'vo arizani ko’rmasdan qoldirish uchun asos bo’ladi.


I. R. Kuzibayev - Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining rais o’rinbosari

M. Y. Qodiraliyev - Farg'ona shaxar adliya bo'limi boshlig'i

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram