Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLA TARBIYASI BILAN BOG’LIQ MASALALAR HAQIDA

×

 2023-08-31 15:17:37    212

PDF yuklash
Chop etish




BOLA TARBIYaSI BILAN BOG’LIQ MASALALAR HAQIDA

 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga asosan oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh O’zbekiston xalqining an'anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to’laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi. 77-moddasida ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchi shaxslar o’z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog’lom, to’laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo’lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta'lim olishini, sog’lom, to’laqonli va har tomonlama kamol topishini ta'minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag’batlantiradi deb ko’rsatilgan.

O’zbekiston Respublikasida bola huquqlari bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy baza yaratilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonun va boshqa qonunchilik shular jumlasidandir. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Bola huquqlari to’g’risida”gi konventsiyasiga qo’shilgan (O’zbekiston Respublikasi uchun 19.07.1994 yilda kuchga kirgan).

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onaning bolalarga ta'lim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari ko’rsatilgan bo’lib, unga ko’ra, ota-ona o’z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o’z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o’z bolalarining sog’lig’i, jismoniy, ruhiy, ma'naviy va axloqiy kamoloti haqida g’amxo’rlik qilishlari shart. Ota-ona o’z bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega. Ota-ona bolalarining qonunchilikda belgilangan zarur darajada ta'lim olishini ta'minlashi shart deb ko’rsatilgan.

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 10-moddasida oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni bajarish ko’rsatilgan bo’lib, uning 2-qismiga ko’ra, oila a'zolarining o’z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o’z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a'zolari va o’zga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart deb ko’rsatilgan.

Shu o’rinda sud amaliyotidan olingan bir misolga murojaat qilamiz. Da'vogar — B.M. (ona)ning javobgar — B.N.(ota)ga nisbatan bolani o’zining tarbiyasiga olish haqidagi da'vo ariza bilan sudga murojaat qilgan. Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, B.M. va B.N. bilan diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikohga asosan oila qurgan. Ularning birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar qizi bor. Biroq, voyaga yetmaganlarning otaligi belgilanmagan. Shuningdek, Bolalarni himoya qilish sho’'basining xulosasida voyaga yetmagan bolalar onasi tarbiyasiga olib berilishi bolalarning manfaatlariga mos kelishi haqida xulosa taqdim qilgan. Sud, da'vogar (ota) bola tarbiyasi bilan doimiy ravishda shug’ullana olmasligini, farzandlarga otadan ko’ra ko’proq ona kerakligini, qiz bolalarni tarbiyasida onaning o’rni muhimligini, bolalar ko’proq onasi tarbiyasida bo’lishi lozimligini, voyaga yetmaganlar qiz bola bo’lganligi uchun ko’proq ona mehri va tarbiyasi kerakligini, balog’at yoshiga yetmagan qizlarning muhtojligini ko’proq ona bilishini, ikki nafar farzand onada bo’lgani holda kelajakda ularni birgalikda tarbiyalab bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatda kamol topishini, bolalarni da'vogar (ona) tarbiyasiga qaytarish ularning manfaatlariga zid emasligini, aksincha bolalar ona qaramog’ida o’sib-ulg’ayishi maqsadga muvofiqligi, hamda mutaxassis xulosasi bilan kelishganligi sababli da'vogarning da'vo talabini qanoatlantirib, voyaga yetmaganlar bolalarni javobgar (ota)dan da'vogar (ona) tarbiyasiga olib berilib, ularning yashash joyi onasi bilan birga belgilanib, shu orqali voyaga yetmaganlar bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilingan.

Shunday ekan, nafaqat sud balki barchamiz bu masalaga yanada mas'uliyat bilan yondashishimiz lozim.

 

U. N. Oripov - Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining raisi

M. Y. Qodiraliyev - Farg'ona shaxar adliya bo'limi boshlig'i

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram