Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 117 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISTIQLOLNING 32-YILLIK TO’YI SO’X TUMANIDA KATTA TANTANA SIFATIDA QAYD ETILDI

×

 2023-08-25 16:50:55    111

PDF yuklash
Chop etish


Istiqlolning 32-yillik to’yi So’x tumanida katta tantana sifatida qayd etildi

Bugun So’x tumanida Mustaqilligimizning 32 yillik to’yi katta tantana, ko’tarinkilik bilan nishonlandi. Bayramona bezatilgan “So’x savdo kompleksi” hududiga tashrif buyurgan qirg’izistonlik mehmonlarni kutib olgan tuman hokimi va mutasaddilar sahna tomon yo’l oldilar. Bayramni nishonlashga kelgan barcha So’xlik insonlar qalbida Vatanga bo’lgan mehr va muhabbat jo’shqin. So’xning obod bo’layotganini o’z ko’zlari bilan ko’rgan qirg’izistonlik mehmonlarni tuman hokimi boshchiligidagi guruh munosib kutib olishdi.

"Chorlov" musiqasi va roviylarning so’zlari bilan, sahna uzra taralgan mayin kuy ostida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha bayram ishtirokchilarini ushbu qutlug’ sana bilan tabriklab, So’x tumanida Prezidentimizning alohida e'tibori asosida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini yana bir karra yodga oldi. Qirg’izistondan kelgan mehmonlarni qutlab, o’zaro mehr-oqibat, yaqin qo’shnichilik rishtalari ikki qardosh davlat rahbarlarining odilona va oqilona siyosatlari tufayli yangi bosqichga ko’tarilayotganini ta'kidladi.

O’z navbatida Qirg’iziston Respublikasidan tashrif buyurgan vakillar So’x ahlini Istiqlol bilan tabrilkab, tuman hokimiga ehtirom ramzi sifatida qimmatbaho sovg’a taqdim etdilar.

Istiqlolimizning 32 yillik to’yi bizning tumanimizda ham “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida  katta tantana va shodiyonalar bilan qayd etildi. San'atkorlarning ko’y-qo’shiqlarida Vatan taranunm etildi.

Vatanimizning 32 yillik shodiyonasi ishtirokchilarning raqslari va xursandchiliklari bilan yanada fayzli bo’ldi. Tumanimiz uzra Istiqlol shodiyonalari hali davom etadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram