Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BIRINCHI SENTYABRDAN O’ZBEKISTON-QIRG’IZISTON CHEGARASIDAN ID-KARTA BILAN O’TISH MUMKIN BO’LADI

×

 2023-08-25 16:43:59    172

PDF yuklash
Chop etish


Birinchi sentyabrdan O’zbekiston-Qirg’iziston chegarasidan ID-karta bilan o’tish mumkin bo’ladi


2023 yil 25 avgustda O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg’iziston Respublikasi Hukumati o’rtasida fuqarolarning o’zaro kelib-ketishlari to’g’risidagi Bitimga o’zgartirishlar kiritish haqida Bayonnoma (Bishkek shahri, 2023 yil 27 yanvar) kuchga kirdi.


Shuni qayd etish lozimki, ikki davlat hududiga kirish, undan chiqish, tranzit o’tish, harakatlanish va unda bo’lib turish uchun identifikatsiya ID-kartasidan amalda foydalanish o’zaro kelishuvga ko’ra, 2023 yil 1 sentyabr soat 00:00dan boshlab yo’lga qo’yiladi.


Bayonnoma bilan kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq, ikki davlat fuqarolari uchun Davlat chegarasini kesib o’tishning soddalashtirilgan yagona tartibi joriy etildi.


Jumladan, bundan buyon O’zbekiston va Qirg’iziston fuqarolari 60 kungacha identifikatsiya ID-kartasi bilan ikki davlat hududlariga kirishlari, harakatlanishlari va unda bo’lib turishlari mumkin.


O’zbekiston fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasporti bilan Qirg’iziston Respublikasiga kirish, undan chiqish va tranzit orqali boshqa davlatlarga o’tishlari mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram