BOLA PULI OLISHDA NIMALRGA E'TIBOR QARATISH KERAK?
2023-08-25 16:41:12 764
BOLA PULI OLIShDA NIMALRGA E'TIBOR QARATISh KERAK?
1. Bola puli olish uchun ariza namunasi xudud MFYda to’ldirib beriladi va ushbu to’ldirilgan mahlumotnoma, pensiya jamg’armasiga yuborilishi;
2. Yolg’iz ona bo’lsa, daromadlar to’g’risida mahlumot so’ralmasligi, yolg’iz ona deganda boquvchisi yo’q, nikoxi qonuniy bekor qilingan ayollar tushuniladi.
3. Oilada, 3 yoshga to’lmagan bola bo’lsa, onasidan ish haqqi to’g’risida mahlumotnoma so’ralmasligi, biroq turmush o’rtog’ining ish haqqi yoki o’zini-o’zi band qilinganligi xaqidagi ma'lumotnomasi bo’lishi kerakligi;
4. Bola puli 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab, 3 yoshgacha bo’lgan bolaga 325 ming so’m, undan keyingisiga 150 ming so’m va undan keyingisiga 100 ming so’mdan xisoblanishi;
5. Oila kam ta'minlangan oila bo’lishi, oilani xar bir a'zosiga to’g’ri keladigan daromadi 568 ming so’mdan oshmasligi;
6. Oilada turmush o’rtog’i chet davlatda ishlayotgan bo’lsa, uning daromadi 1.960.000 so’m deb xisoblanishi, o’zini-o’zi band qilgan fuqaroni daromadi ham, xuddi shu miqdorda xisoblanishi;
7. Oiladagi farzandlar 3 yoshdan oshgan bo’lsa va ushbu oila to’liq oila bo’lsa, er xotindan ish haqqi to’g’risida ma'lumotnomasi bo’lishi kerakligi talab qilinishi;
8. Bola puli yuzasidan MFYga berilgan ariza, pensiya jamg’armasiga yo’llangach, 1 oy ichida avtomatik tarzda, daromad va boshqa xolatlari aniqlanishi, bunda inson omili aralashmasdan, kompyuter baza orqali aniqlagan ma'lumotlar asosida tayinlanishi yoki rad qilinishi;
9. O’zini-o’zi band qilgan fuqarolar, band qilinganligi, ro’yxatga olinganligi aniq bo’lgach, bola puliga ariza berishlari kerakligiga, bunda daromadi 1.960.000 so’m deb xisoblanishiga, e'tiborlarini oila a'zosiga tushadigan daromad 568 ming so’mdan oshib ketmasligiga rioya qilishlari;
10. Oilani daromadiga, 7 yil to’lmagan transport vositasi, nomida ikkita uy, yoki qo’shimcha bino bo’lishi, qo’shimcha yer maydoni va tomorqalar, sonidan kelib chiqib, qora mol sigir va qo’y echkilar ham oila daromadi xisobiga olinishini inobatga olishlari kerak.
Xamraliyev Jo’rabek Soibjonovich - Rishton tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram