Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XDA YANGI HAYOT NAFASI

×

 2023-08-25 16:38:24    174

PDF yuklash
Chop etish


So’xda yangi hayot nafasi

FOTOREPORTAJ

Farg’ona viloyatining anklav hududi – So’x tumanida bugungi kunda 82 ming 500 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bu yerda ijtimoiy-iqtisodiy sohani jadal rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish borasida so’nggi yillarda salmoqli ishlar olib borilmoqda.

Tumanning “Sarikanda”, “Hazrat Ali”, “Hushyor”, “Tul”, “Ravon”, “Lenburg”, “Demursad”, “Qal'acha”, “G’aznov”, “Oftobru”, “So’x”, “Chashma”, “Sharqobod”, “Yangiariq”, “Qaqir” kabi mahalla fuqarolar yig’inlarida toza ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida 274 kilometr masofada yangi tarmoqlarni tortish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilyapti. Bundan tashqari tuman bo’ylab 30 ta ichimlik suvi inshooti quriladi va rekonstruktsiya qilinadi. Bularning bari So’xda suv ta'minoti masalasida yillar davomida aholini qiynab kelayotgan muammolarga uzil-kesil barham beradi.

Tuman iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash, buning uchun xizmat ko’rsatish, servis, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog’liq chora-tadbirlar ham amaliy tasdig’ini topayotir. Joriy yilda birgina xizmat ko’rsatish sohasida 185 ta loyihani ro’yobga chiqarish hisobidan 730 ta ish o’rni yaratish ko’zda tutilmoqda. 

Shuningdek, qishloq xo’jaligida foydalanilmayotgan yerlarni o’zlashtirish, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish, chorvachilik, shu jumladan, parrandachilik va baliqchilik tarmog’ini yanada kengaytirish ishlari izchil davom ettirilyapti. Tumanda aynan kartoshka yetishtirish borasida o’ziga xos tajriba maktabi yaratilganini ham ta'kidlash joizdir.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram