Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN FAVQULODDA VAZIYATLAR BO’LIMI XODIMLARI ISHTIROKIDA TARG’IBOT TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2023-08-24 17:14:42    183

PDF yuklash
Chop etish


Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari ishtirokida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda

Bugun So’x tumani bo’ylab sharqirab oqayotgan daryolar qirg’oqlarida ko’pincha “Cho’milish taqiqlangan!” yozuvlari ko’zimizga tashlanadi. Biroq, ushbu da'vat va ogohlantirishlarga rioya etiladimi yoxud etilyaptimi? Ushbu savollarga javob topish maqsadida tuman faqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari ishtirokida ushbu hududlarga reyd tashkil etildi.

Hududlarda bo’lgan favqulodda vaziyatlar bo’limi vakillari taqiqlangan suv havzalarida cho’milayotgan bolalar bilan suhbatlashib, ularga mazkur qoidalarning mazmun-mohiyatini tushuntirish bilan birga taqiqlangan suv havzalarida cho’milish hayot uchun xavfli ekanligini hayotiy misollar orqali yetkazishdi.

So’x tuman FVB FVDT va FM tashkil etish bo’linmasi boshlig’i, leytenant Farxiddin Saidovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, bunday tadbirlardan tashqari, favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari aholi o’rtasida va korxona, tashkilot, muassasalar, ishlab chiqarish sub'ektlari kesimida yong’inlarni oldini olish, is gazidan zaharlanish, ovqatdan zaharlanish, botulizm kasalligi va uning salbiy oqibatlariga oid targ’ibot ishlari olib borishayotir.

Tumanning Hushyor mahallasidagi seshanba bozori va Devayron mahalla fuqarolar yig’indagi “Avilon-So’x textile” korxonasida ham ushbu mavzularda soha vakillari ishtirokida targ’ibot tadbirlari o’tkazildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram