YANGI O’QUV YILI UCHUN VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
2023-08-24 17:11:25 151
Yangi o’quv yili uchun vazifalar belgilab olindi
Bugun Chashma mahalla fuqarolar yig’inidagi 11-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi tomonidan yangi o’quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan "Sifatli ta'lim – kuchli jamiyat" shiori ostida ‟Ustozlar milliy forumi” bo’lib o’tdi.
Tadbirda tuman hokimi o’rinbosari Ilhom Abdumajidov so’zga chiqib, yurt ravnaqi, mamlakat istiqboli kelajagimiz egalarining har jihatdan ilmu salohiyatli, zamonaviy bilimlarni chuqur va mukammal egallagan o’g’il-qizlar bo’lib voyaga yetishiga bog’liqligi haqida fikr yuritdi.
So’x tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Gulnoza Usmonova ‟Ustozlar milliy forumi” ishtirokchilarni tabriklab, ta'lim tizimiga qaratilayotgan yangiliklar, muallimning jamiyatdagi o’rni, kelajak avlod oldidagi mas'uliyati haqida so’zladi.
Forumda 500 nafardan ortiq soha vakillari ishtirok etdi. Mazkur forumni tashkil etishdan asosiy maqsad — umumiy o’rta ta'lim maktablari o’quvchilari o’rtasida ta'lim va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan istiqboldagi rejalarni belgilab olishdan iboratdir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram