Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ASOSIY MASALA HAMKORLIKDAGI FAOLIYAT ORQALI XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA'MINLASHDAN IBORAT

×

 2023-08-24 17:10:04    155

PDF yuklash
Chop etish


Asosiy masala hamkorlikdagi faoliyat orqali xotin-qizlar bandligini ta'minlashdan iborat

Mahalla drayveri, ya'ni o’sish nuqtasini aniqlash va uni ishga solish, ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish mas'uliyati hududlarda faoliyati yo’lga qo’yilgan hokim yordamchilarining zimmasiga yuklatilgan. Tumanimizda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ishtirokida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda xotin-qizlarning bandligini ta'minlashga qaratilgan ishlar tahlil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev barcha hokim yordamchilariga ushbu yo’nalishda amalga oshirilgan ishlarni tahlil etib, sohadagi statistik ma'lumot va ko’rsatgichlar bir-biridan farq qilishi va aniqlangan kamchiliklarni isloh etish bo’yicha viloyat hokimi tomonidan qat'iy topshiriq berilganligi va ushbu topshiriqlarni mas'uliyat bilan ijro etish zarurligini qayd etdi.

Ishsiz fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlarni aniqlash, ularni xatlovdan o’tkazish, ish bilan band bo’lish istagida bo’lgan xotin-qizlar va ayollarning bandligini ta'minlash, ushbu yo’nalishda aniq chora-tadbirlar asosida ish olib borish lozimligi ta'kidlandi. Barcha hokim yordamchilariga bevosita mahalla beshligi, ayniqsa, xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda ushbu yo’nalishda ish olib borish va belgilangan muddatda xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan ishlarni atshkil etib, chora-tadbirlar belgilash va aniq ma'lumotlarni tuman hokimligiga taqdim etishga doir ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram