Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

STATISTIK MA'LUMOT

×

 2023-08-24 17:08:10    163

PDF yuklash
Chop etish


Statistik ma'lumot

 

So’x tumanida xizmat ko’rsatish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar


Tumanda xizmat sohasini rivojlantirish uchun 2023 yilda 314 mlrd. so’mlik 185 ta loyihalarni amalga oshirish hisobidan 730 ta yangi ish o’rinlari yaratish manzilli ro’yxati shakllantirilgan.


Joriy yilning o’tgan 7 oyi davomida 26 mlrd. 388 mln. so’mlik (shundan 1 mlrd. 240 mln. so’m bank krediti) 76 ta loyihalar ishga tushirildi va 178 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.


Shu jumladan, markaziy So’x ko’chasida (Qal'a-Chashma yo’nalishida) 3 mlrd. 400 mln. so’mlik 16 ta loyihalarni amalga oshirish hisobidan 53 ta yangi ish o’rinlari yaratish manzilli ro’yxati shakllantirilgan bo’lib, joriy yilning o’tgan 6 oyi davomida 2 mlrd. 950 mln. so’mlik (shundan 150 mln. so’m bank krediti) 7 ta loyihalar ishga tushirildi va 29 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.


Misol: tumanning Mulgon MFY hududida "SITORAI HIKMATULLOH" xususiy korxonasi va "ORZUI SUXROBI ZAMIRZODA" xususiy korxonasi tomonidan tibbiy xizmat ko’rsatish loyihasi tashkil etildi va 8 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Loyihalarning umumiy qiymati 2 mlrd. so’mni tashil etib tumanda tibbiy turizm xizmatini rivojlantirishga o’z hissasini qo’shdi.


Navobod MFY hududida "MULKI ABDULXAMIDOV ABDULXAMID" xususiy korxonasi tomonidan 5 mlrd.so’m mablag’ evaziga qurilish materiallari savdo xizmati ishga tushirildi va 3 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram