OTA VA ONA! BU MUQADDAS NOMLAR OLDIDA BARCHA MADHIYALAR HECH NARSA EMAS, BARCHA BALAND PARVOZ MAQTOVLAR FARZANDLAR MUHABBATI VA MINNATDORCHILIGI OLDIDA PUCH VA ARZIMASDIR
2023-08-23 16:51:35 205
Ota va ona! Bu muqaddas nomlar oldida barcha madhiyalar hech narsa emas, barcha baland parvoz maqtovlar farzandlar muhabbati va minnatdorchiligi oldida puch va arzimasdir.
Farzand bir nav niholdir. U qanchalik ko’p parvarish qilinsa, mehr bulog’idan qonsa, oqibat, insoniylik hislatlari bilan sug’orilsa atrofidagilarga mehr-muruvvatli, hammaga birdek foydasi tegadigan, ota-onasini, barcha qarindoshlarini qadrlaydigan inson bo’lib ulg’ayishi shubhasiz.
Ammo afsuslar bo’lsinki oxirgi payitlarda ota-onalarning kelishmovchiligi sababli oilaviy ajrimlar bugungi kunda dolzarb muammoga aylanib ulgurdi va buni oqibatida yosh avlodlar kelajak vorislari, farzandlar jabr tortmoqdalar.
Xususan, Byuroning Buvayda tuman bo’limi ish yurituviga fukarolik ishlari buyicha Qo’qon tumanlararo sudining qaroriga asosan javobgar S.K.dan davogar A.K.ning voyaga yetmagan farzandlari bilan ko’rishtirilishi haqidagi ijro hujjati bo’lim ish yurituviga kelib tushgan va majburiy ijroga qaratilgan.
Ota-onaning farzandlari oldidagi huquq va majburiyatlari Oila kodeksi bilan tartibga solingan. Ushbu kodeks 71-moddasiga ko’ra, ota-ona o’z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.
Mazkur kodeksning 76-moddasiga ko’ra, boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko’rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta'lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega.
Bola bilan birga yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan ko’rishishiga, agar bunday ko’rishish bolaning jismoniy va ruhiy sog’lig’iga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak.
Bo’lim davlat ijrochilari tomonidan sud qarorini ijro etish uchun ota va farzandlarini ko’rishtirishga borilganda , ming afsuslar bo’lsinki farzandlarini otasi bilan ko’rishtirishga ona qarshiliq qilmasada farzandlar otasi bilan ko’rishish istaklari yo’qligini bildirashadi va ikki farzand ham otadan yashirinishga harakat qilishadi..
Yuqorida aytib o’tkanimizdek bola ko’p parvarish qilinsa, mehr bulog’idan qonsa, oqibat, insoniylik hislatliri bilan sug’orilsa atrofidagilarga mehr-muruvvatli bo’ladi.
Mehr bermagan ota qande qilib farzanddan mehr olsin...
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram