Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 205 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"MENING YO’LIM” LOYIHASI ASOSIDA LENBUR MAHALLASIDA SALKAM 2 KILOMETR ICHKI YO’LLAR ASFALTLASHTIRILMOQDA

×

 2023-08-23 16:46:42    100

PDF yuklash
Chop etish


"Mening yo’lim” loyihasi asosida Lenbur mahallasida salkam 2 kilometr ichki yo’llar asfaltlashtirilmoqda


Aytish joyizki, bugun Vatanimizning eng chekka hududlarida ham Respublika hukumati va ayniqsa, davlatimiz rahbarining bevosita e'tibori asosida keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Viloyatimizning eng chekka – So’x tumanida ham amalga oshirilayotgan mazkur ishlar xalqimiz manfaatiga xizmat qilmoqda.


Fuqarolarimizning bevosita tashabbuslari orqali ham bugun ushbu jannatmakon go’sha rivojlanish va taraqqiyotga yuz tutayotir. Shu kungacha tuman miqyosida “Tashabbusli byudjet” ning loyihalari asosida yo’l, elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv ta'minotidagi ko’p muammolar bartaraf etildi. 


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 fevral kuni qabul qilgan 49-sonli “Avtomobil yo’llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ham xalqimiz tomonidan bildirilgan ezgu tashabbuslarini moliyalashtirish va hududlarning obodonchiligi, ayniqsa, ichki yo’llarni ta'mirlashda asosiy omil bo’lib xizmat qilayotganini bugungi amaliy ishlardan ham ko’rishimiz mumkin.


Mazkur qaror asosida tumanimizning Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida amaliy ishlar qilinmoqda.


“Mening yo’lim” loyihasi asosida tasdiqlangan manzilli dastur asosida Lenbur mahallasidagi “Jarayon” ko’chasiga bugun asfalt qoplamasi yotqizilmoqda. Qurilish-ta'mirlash ishlari bugun jamoatchilik tomonidan nazoratga olingan. Mazkur ishlarga davlatimiz byudjetidan salkam 900 million so’m mablag’ yo’naltirilgan. Ta'mirlanadigan ko’chalarning umumiy masofasi 1 kilometr 800 metrdan iborat.


Asosiysi, olib borilayotgan ishlardan xalqimiz mamnun va minnatdor. Bugun xonadonlariga ichimlik suvi tarmog’i kirib borgan Lenburliklar bo’layotgan ishlarga shukrona bildirib, berilayotgan e'tibor uchun samimiy minnatdorchilik izhor etishayotir.


Bir so’z bilan aytganda, bugun Vatanimizning eng chekka hududlarida ham inson qadrini ulug’lashga qaratilgan barcha ishlar o’zining ijobiy samaralarini bermoqda. 


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram