QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
2023-08-21 18:56:56 145
Qonunchilikdagi yangiliklar
Auditorlik tashkilotini reestrga kiritish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (387-son, 15.08.2023 y.) bilan Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reestriga kiritish bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi
Reglamentga ko’ra, ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o’zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ro’yxatdan o’tadi.
So’rovnoma to’ldirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (vakolatli organ)ga yuboriladi.
Vakolatli organ so’rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida auditorlik tashkilotini reestrga kiritadi yoki uni rad etadi.
Vakolatli organ quyidagi hollarda davlat xizmatini ko’rsatishni rad etadi:
ariza beruvchi tomonidan tegishli kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;
auditorlik tashkiloti “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 27-moddasi talablariga muvofiq bo’lmasa.
Davlat xizmati ko’rsatilganlik uchun to’lov undirilmaydi.
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram