Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN MAXSUS-TAKTIK O’QUV MASHQLARI O’TKAZILDI

×

 2023-08-19 16:56:46    136

PDF yuklash
Chop etish


Favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik o’quv mashqlari o’tkazildi

Bugun tuman markaziy o’yingohida “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda tuman FVDT xizmatlarining o’zaro hamkorligini tashkil etish” mavzusida maxsus-taktik o’quv mashqlari o’tkazildi. Mazkur maxsus-taktik o’quv mashqlarini o’tkazishdan asosiy maqsad doimiy tayyorgarlikdagi tuzilmalarning favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish bo’yicha amaliy ko’nikmalarini oshirishdan iborat.

Tadbirda o’quv mashqga jalb qilingan fuqaro muhofazasi xizmatlari va tegishli korxona tashkilotlar shaxsiy tarkibi va texnikalarini saf ko’rigi o’tkazildi. Saf ko’rigi davomida tuman tinchlik davridagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish uchun harakat qilish rejalariga aniqliklar kiritildi, tuman fuqaro muhofazasi xizmatlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda o’zaro hamkorlikdagi harakatlari muvofiqlashtirildi.

Maxsus-taktik o’quv mashq rejasiga asosan belgilangan o’quv nuqtalarda tuman fuqaro muhofazasi xizmatlarining doimiy tayyorgarlikdagi tuzimalari tomonidan avariyalarni bartaraf etish, yong’in o’chirish, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va fuqarolarni tartibli ravishda evakuatsiya qilish yuzasidan amaliy tadbirlar bajarildi. O’quv mashq yakuni bo’yicha tuman fuqaro muhofazasi doimiy tayyorgarlikdagi tuzilmalari “Cheklangan tayyor” deb baholandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram