ELEKTRON RAQAMLI IMZONI OLISH TARTIBIDAN XABARDORMISIZ?
2023-08-19 16:29:29 135
Elektron raqamli imzoni olish tartibidan xabardormisiz?
Davlat xizmatini ko’rsatuvchi davlat organi: Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi.
Davlat xizmatidan foydalanish tartibi:
DXMga kelgan holda yoki YaIDXP (my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/219)) orqali so’rovnoma yuboriladi.
Onlayn tarzda murojaat etilganda:
– pasporti yoki ID-kartaning nusxasi va asosiy sahifasi bilan “selfi” usulida olingan fotosurat.
ERIning paroli mobil telefon raqamga “SMS” xabar shaklida yuboriladi.
Yig’im miqdori:
– yuridik shaxslar va tadbirkorlik subektlaridan – BHMning 10 foizi;
– jismoniy shaxslardan – BHMning 7 foizi;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” ATda ro’yxatga olingan va I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga 50 foizi miqdorida chegirma mavjud
Xizmat ko’rsatish muddati – real vaqt rejimida.
ERIning amal qilish muddati – 2 yil.
Ma'lumot uchun: Elektron imzo kalitingiz, login va parollaringizni hech qachon birovga bermang. Sizning nomingizdan boshqalar ish ko’rishlarga yo’l qo’ymang. O’zingiz bilmagan holda noqonuniy harakatlarning ishtirokchisiga aylanmang!
Unutmang!Elektron kalitingiz orqali barcha mol-mulkingiz
o’zlashtirilishi mumkin.
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram