Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HARBIY QISMDA "YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O’ZBEKISTON UCHUN!" SHIORI OSTIDA "MUSTAQILLIK SHUKRONASI" TADBIRI O’TKAZILDI

×

 2023-08-19 16:26:44    227

PDF yuklash
Chop etish


Harbiy qismda "Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!" shiori ostida "Mustaqillik shukronasi" tadbiri o’tkazildi

Bugun Farg’ona viloyati So’x tumanidagi harbiy qismda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi So’x tuman bo’linmasi, tuman Madaniyat bo’limi hamda harbiy qism bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun" shiori ostida "Mustaqillik shukronasi" adabiy-badiiy va musiqiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda Mustaqillikning so’nggi uch yilida barcha sohalarda izchillik bilan amalga oshirilgan islohotlar, ma'naviyat va ma'rifatning shaxs kamolotidagi o’rni, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi faollari va bir guruh ma'rifat targ’ibotchilarining O’zbekiston xalqiga qilingan murojaati, fuqarolar va ayniqsa yoshlarimiz ongida vatanparvarlik va jasorat tuyg’ularini shakllantirish kabi masalalari haqida so’z bordi.

San'atkorlarning chiqishlari tadbirga o’zgacha shukuh bag’ishladi. Harbiylarning chaqnab turgan ko’zlaridan va sho’x-shodon raqslaridan bugun o’z xizmatidan, yaratilgan sharoitlardan, buyuk kelajakka bo’lgan ishonchi, musaffo osmon ostida yashayotganidan mamnunligi yaqqol namoyon bo’layotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram