Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 221 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KOSONSOYLIK TADBIRKOR «FAOL TADBIRKOR» KO’KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI

×

 2023-08-18 16:53:25    96

PDF yuklash
Chop etish


Kosonsoylik tadbirkor «Faol tadbirkor» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi


▫️Prezidentning “Faol tadbirkor” ko’krak nishoni bilan taqdirlash to’g’risida"gi farmoyishi qabul qilindi.


Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida, tumandoshimiz Sherov Sherzod Abduraximovich - Kosonsoy tumanidagi «AS Group Tex» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori ham bor.


Ma'lumot uchun, ushbu ko’krak nishoni bilan ish o’rinlari yaratish, aholi farovonligini ta'minlashga qo’shgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun faol tadbirkorlar taqdirlanadi.


Sherzodjon So’x tumani farzandi ham hisoblanadi. Bobosi Dodoboy Sherov (joylari jannatda bo’lsin) So’xdan Namangan viloyati Kosonsoy shahriga borib, o’sha yerda umrlarining oxirigacha barkamol avlod ta'lim - tarbiyasi bilan shug’ullanganlar. Yosh tadbirkorning padari buzrukvori Abdurahim Sherov ham ota izidan borib, Kosonsoydagi o’rta-maxsus bilim yurtida rahbarlik qilgan.


Yuzlab nafar So’xlik yoshlar ushbu bilim dargohida tahsil olib, bugun ta'lim jarayonining faol ishtirokchilari hisoblanishadi. Yosh tadbirkorga omadlar tilaymiz!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram