Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA FAVQULODDA VAZIYATLAR BO’LIMI HAMKORLIGIDA TARG’IBOT TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2023-08-18 16:42:33    148

PDF yuklash
Chop etish


Tuman maktabgacha ta'lim muassasalarida favqulodda vaziyatlar bo’limi hamkorligida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda

Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi va tuman gazlashtirish idorasi vakillari ishtirokida ayni kunda joylarda yong’inga qarshi kurashish va yong’inlarni oldini olishga  oid targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Mana shunday hamkorlikdagi tadbir tumanning Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inidagi 5-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida bo’lib o’tdi.

So’x tuman FVB FVDT va FM tashkil etish bo’linmasi boshlig’i, leytenant Farxiddin Saidovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, bunday targ’ibot tadbirlari “Dolzarb 30 kunlik” doirasida ham keng ko’lamda olib borildi. Hamkorlik tadbirida muassasa xodimlari va bolajonlarga yong’in va unga qarshi kurashish bo’yicha ma'lumotlar yetkazildi.

Tuman gazlashtirish idorasi xodimlari ham ko’rgazmali tashviqot orqali is gazidan zaharlanish va yong’in chiqganda qilinshi lozim bo’lgan birinchi amallar va birinchi yordam xususida tushuntirishlar berdilar. Tadbir davomida ko’rgazmali namoyish barobarida bolajonlarning talablariga asosan yong’inga qarshi kurashish vositalarini ishlatish usularri ko’rsatildi va bolalar ham bir muddat o’t uchiruvchi vazifasini bajardilar.

Tadbir jarayonida ishtirokchilariga botulizm kasalligi haqida ham tushuntirishlar berildi. Ushbu ma'lumotlarning ham ko’rgazmali namoyishlar orqali yetkazilishi ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Bunday targ’ibot tadbirlari tumanimiz uzra muntazam o’tkaziladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram