SO’X TUMANIDA "MAHALLABAY" ISHLASH TIZIMI YUZASIDAN YIG’ILISH O’TKAZILDI
2023-08-18 16:38:30 141
So’x tumanida "Mahallabay" ishlash tizimi yuzasidan yig’ilish o’tkazildi
So’x tumanida yo’lga qo’yilgan “Mahallabay" ishlash tizimini natijadorligini oshirish, axoli o’rtasida undiruv va to’lov intizomini shakllantirish maqsadida tumanning 1- sektori hududiga qarashli mahalla fuqarolar yig’inlari beshligi, tuman prokuraturasi va tuman hokimining sohaviy o’rinbosarlari ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish o’tkazildi.
Shuningdek, ushbu hududdagi 1-sonli IIB bo’linmasiga qarashli mahalla fuqarolar yig’inlarga biriktirilgan profilaktika inspektorlari bilan hududida yashovchi shaxslarning ijro hujjati bo’yicha qarzdorliklarini bartaraf etishi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bunday tadbirlarni tez kunlarda 2-3-4 sektorlarda ham o’tkazilishi rejalashtirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram