BILASIZMI?
2023-08-17 18:01:43 133
Bilasizmi?
Jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida xodimni ish beruvchi tomonidan ishdan bo’shatishda kasaba uyushmasining roziligini olish belgilangan bo’lsa, kasaba uyushmasi roziligisiz xodimni ishdan bo’shatish mumkin emas.
Quyidagi holatlarda kasaba uyushmasi roziligi talab qilinmaydi:
1.korxona tugatilganda
2.ish beruvchi ishdan bo’shatishi mumkin bo’lgan istalgan asos bilan tashkilot rahbari, alohida tarkibiy bo’linma rahbarini ishdan bo’shatishda;
3.tashkilot mulkdori o’zgarganda tashkilot rahbari, o’rinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilot alohida bo’linmasi rahbarini ishdan bo’shatishda, bunda mulkor tashkilotni o’ziga mulk qilib olgandan keyin 3 oyda ularni ishdan bo’shatishga yo’l qo’yiladi.
Kasaba uyushmasi roziligini olish uchun unga taqdimnoma kiritiladi, kasaba uyushmasi 10 kunda uni ko’rib chiqib xulosa beradi, xulosa 1 oy amal qiladi, 1 oydan keyin mazkur xulosa bilan xodimni ishdan bo’shatib bo’lmaydi. O’z vaqtida xulosa berilmasa, xodim kasaba uyushmasi roziligisiz ishdan bo’shatiladi.
Xamdamov Javohirbek Sherzodbek o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram