Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKORLAR MUAMMOLARI O’RGANILIB, ULARNI HAL ETISH CHORALARI KO’RILDI

×

 2023-08-17 17:16:25    159

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirkorlar muammolari o’rganilib, ularni hal etish choralari ko’rildi

Bugun Farg’ona viloyati prokuraturasi, Ombudsmanning Farg’ona viloyati mintaqaviy bo’limi vakillari ishtirokida tuman madaniyat markazining majlislar zalida tumanda faoliyat olab borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Tuman hokimi o’rinbosarlari, Farg’ona viloyatining elektr ta'minoti, gazlashtirish, viloyat savdo-sanoat palatasi, bojxona, banklar, majburiy ijro byurosi boshqarmalari vakillari qatnashgan mazkur tadbirda so’xlik tadbirkorlarning muammo va kamchiliklari o’rganildi.

Tadbirni ochib bergan tuman hokimining birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev tumanda tadbirkorlik uchun yaxshi muhit shakllanganligini ta'kidlab, har bir tadbirkor bilan manzilli ishlar olib borilayotganligii qayd etdi. Agarda sohadagi dolzarb muammolar o’z yechimini topsa, tumanda barcha sohalarda ulkan o’zgarishlar amalga oshiriladi.

Farg’ona viloyati prokuraturasi bo’lim boshlig’i Ahmadjon Yunusov, Ombudsmanning Farg’ona viloyati mintaqaviy bo’limi vakiliga murojaat etgan tuman tadbirkorlari turli muammolarning yechimi yuzasidan yordam so’radilar. Murojaatlarning asosiy qismini, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga doir yuzaga kelayotgan byurokratik to’siqlarga barham berish, kredit siyosati, subsidiya berishda amaliy yordam ko’rsatish, sohadagi gaz, elektr ta'minotidagi kamchiliklarga yechim topish, tumanda investitsion muhitni shakllantirishda huquqiy yordam va amaliy ko’mak ko’rsatish masalalari tashkil etdi.

Murojaatlarning asosiy qismi tuman miqyosida hal etilishini ta'kidlagan viloyat vakillari qolgan viloyat va Respublika doirasida yechim topadigan muammolar bo’yicha amaliy ishlar belgilangan chora-tadbirlar asosida bajarilishini qayd etib o’tdilar. Mazkur uchrashuv savol-javoblarga boy bo’ldi va ishtirokchilarga sohadagi huquqiy yangiliklar xususida ham ma'lumotlar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram