Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA “KASBLAR TANLOVI” G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

×

 2023-08-17 17:13:40    147

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida “Kasblar tanlovi” g’oliblari taqdirlandi

 

Prezidentimizning tashabbusi bilan Respublikamizda o’tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning asosiy maqsadi yosh avlodning kasb-hunarga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish, ilg’or bilim va tajribalar egallashiga ko’maklashish, kasb-hunar orqali yaxshi daromad topish va farovon hayot kechirishini ta'minlash, kasb-hunarni professional egallagan yoshlarni xalq orasidan kashf etish va ular faoliyatini ommalashtirish, yoshlar o’rtasida “Ustoz-shogird’” an'anasini tizimli yo’lga qo’yishdan iborat. 

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yoshlar bandligini ta'minlash va ularni kasb-hunarga qiziqtirish maqsadida tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik, kandolatchilik va hunarmandchilik yo’nalishidagi yoshlar o’rtasida “Kasblar tanlovi” to’rt bosqichda tashkil etildi. 

Shunga ko’ra, “Kasblar tanlovi”ning sektor, tuman bosqichlari hamda hududiy bosqichlar o’tkazildi. So’x tumanidan tanlovning barcha  yo’nalishida qatnashish uchun maxsus bot orqali jami 458 nafarga yaqin o’g’il-qiz ro’yxatdan o’tgan.    

Tanlovning tuman bosqichida qatnashgan ishtirokichlardan 15 nafar g’olib aniqlandi. Tuman madaniyat markazida mazkur tanlov g’oliblarini taqdirlash tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda oshpazlik, tikuvchilik, hunarmandchilik, erkakalar sartaroshi, qandolatchilik yo’nalishidap g’olib bo’lgan va namuna ko’rsatgan barcha tanlov ishtirokchilariga omadlar tilandi. G’oliblar diplom, pul mukofotlari hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram